Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Iltimos, gol uring!" — "Tottenxem" muxlisalarining banneri tarmoqlarda muhokama qilinmoqda

"Iltimos, gol uring!" — "Tottenxem" muxlisalarining banneri tarmoqlarda muhokama qilinmoqda

Baho:
+ | -

"Tottenxem"ning ikki nafar muxlisasi ko‘tarib turgan banner ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Translyasiya kadrlarida ikki qiz futbolchilardan juda oddiy iltimos qilgani aks etgan. Ular g‘alaba, sovrin yoki futbolka so‘ramagan — faqat jamoadan gol kutishgan.

"Iltimos, gol uring!" — deb yozilgan bannerda.

Bu bannerning kulgili, ayrimlar uchun esa alamli jihati shundaki, "Tottenxem" Angliya Premyer-ligasining dastlabki 4 turida birorta ham gol ura olmadi.

Shanba kuni Roberto De Dzerbi shogirdlari o‘z maydonida "Everton" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va muxlisalarning iltimosini bajara olmadi.

Ayni paytda "Tottenxem" 2 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning to‘plar nisbati — 0:5.

Kiritildi: 23:53, 12.09.2026.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик