Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Amorim: «Bir yaxshi bo‘lim bilan qanoatlanib bo‘lmaydi»

Amorim: «Bir yaxshi bo‘lim bilan qanoatlanib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim «Lasio»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvni sarhisob qildi.

«Rossoneri» birinchi bo‘limda javobsiz ikkita gol o‘tkazib yubordi. Tanaffusda Amorim birdaniga uchta o‘zgarish qildi va bu qaror o‘z samarasini berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Diyego Moreyra 65 va 67-daqiqalarda ikki bor gol urib, «Milan»ni mag‘lubiyatdan qutqardi.

«Birinchi bo‘limda bizga energiya yetishmadi. Bosim bo‘lmagan oddiy vaziyatlarda ham to‘pni yo‘qotdik. «Lasio» himoyachilarimizni juda osonlik bilan ortda qoldirardi.

Ikkinchi bo‘limda esa butunlay boshqacha manzarani ko‘rdik. Energiya paydo bo‘ldi, to‘pni ishonchli nazorat qila boshladik. Bu mutlaqo boshqa o‘yin va boshqa jamoa edi.

Bugun durangni qutqarib qoldik, ammo keyingi o‘yinlarda yaxshiroq harakat qilishimiz shart. Faqat bir yaxshi bo‘lim bilan qanoatlanib bo‘lmaydi», — dedi Amorim DAZN'ga bergan intervyusida.

To‘rt turdan keyin «Milan» 8 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 02:13, 13.09.2026.
O'qildi: 1099 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик