Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Jenezio «Marsel»ning antirekordini takrorladi

Jenezio «Marsel»ning antirekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining yuqori divizionida navbatdagi, to‘rtinchi tur «Marsel»ning yana bir mag‘lubiyati bilan boshlandi. Jamoa safarda «Renn»ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Bu «Marsel»ning amaldagi bosh murabbiyi Bruno Jenezio uchun chempionatdagi dastlabki to‘rtta uchrashuvdagi uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shu tariqa u «Marsel» bosh murabbiyi sifatida faoliyatini bunday omadsiz boshlagan tarixdagi atigi to‘rtinchi mutaxassisga aylandi.

Bunga qadar «Marsel»da mavsumni xuddi shunday omadsiz boshlagan murabbiy xorvatiyalik Ivan Markovich bo‘lgan. U 1977 yilda chempionatning dastlabki to‘rtta uchrashuvida uch marta mag‘lub bo‘lgan.

Bundan tashqari, bunday holat yana ikki marta qayd etilgan: 1946 yilda Jyul Devaki va 1938 yilda Andre Gaskar dastlabki to‘rtta o‘yinda uchtadan mag‘lubiyat qayd etgan.

Kiritildi: 16:14, 13.09.2026.
O'qildi: 851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик