Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Ronaldu Neveshning jahlini chiqarmoqchi bo‘lgan muxlislar haqida fikr bildirdi

Ronaldu Neveshning jahlini chiqarmoqchi bo‘lgan muxlislar haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu «Al-Taavun» va «Al-Hilol» o‘rtasidagi o‘yinda Ruben Neveshga nisbatan muxlislarning xatti-harakatlariga munosabat bildirdi.

Jamoalar o‘rtasidagi Pro-liganing 7-tur uchrashuvi «Al-Hilol»ning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuv vaqtida muxlislar «Al-Hilol» yarim himoyachisi Ruben Nevesh to‘pga ega bo‘lganida «Jota, Jota» deya hayqirishgan.

«Liga bunday holatlarga chora ko‘rishi va muxlislarning bu kabi xatti-harakatlarini jazolashi kerak. Bu endi futbol emas va bunday holatlarning chegarasi bo‘lishi lozim. O‘zini bunday tarzda tutadigan odamlarga endi hech qachon stadionga kirishga ruxsat berilmasligi kerak», — deb yozdi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Diogu Jota 2025 yil 3 iyul kuni 28 yoshida yo‘l-transport hodisasida vafot etgan. U bilan birga avtomashinada uning akasi Andre Silva ham bo‘lgan.

Kiritildi: 16:50, 13.09.2026.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик