«Liverpul»ning 18 yoshli vingeri Rio Ngumoa Londonning «Arsenal» klubi e’tiborida. Bu haqda jurnalist Alan Nikson xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» futbolchi joriy mavsumda «Liverpul» asosiy tarkibida o‘z o‘rnini topa olmasa, uni transfer qilishga urinib ko‘rishga tayyor. Futbolchiga «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda.
Biroq Ngumoa «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda. Bu ehtimoliy transferni murakkablashtirishi mumkin.
Joriy mavsumda Ngumoa barcha turnirlarda to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Vingerning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyigacha amal qiladi.













