«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yarim himoyachisi Gavining so‘nggi uchrashuvlarda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani haqida fikr bildirdi.
«Albatta, Gavi ambisiyali futbolchi, u doimo maydonga tushishni istaydi. U “Elche”ga qarshi birinchi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgandi, ammo jarohat oldi.
Endi u jamoa hozir juda yaxshi o‘ynayotganini qabul qilishi kerak. Biroq menga barcha futbolchilar kerak. Jamoa uchun har bir o‘yinchi muhim», — dedi Flik matbuot anjumanida.













