«Liverpul» «Real» himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni jamoaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokara bo‘lmagan. Biroq Angliya klubi futbolchining transferini amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Trent joriy La Liga mavsumida 6 ta o‘yinning faqat 2 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Yana ikki uchrashuvda esa umuman zaxira o‘rindig‘idan turmagan.
27 yoshli himoyachi 2025 yil yozida «Liverpul»dan «Real»ga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Trent Aleksander-Arnoldning bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.













