Kirish Ro'yxatdan o'tish

2,5 mln dollar va shaxmat toji uchun jang: FIDE Sindorov va Gukesh o‘rtasidagi bellashuv reglamentini tasdiqladi

2,5 mln dollar va shaxmat toji uchun jang: FIDE Sindorov va Gukesh o‘rtasidagi bellashuv reglamentini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi — FIDE amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommaraju va da’vogar Javohir Sindorov o‘rtasidagi shaxmat toji uchun kechadigan bellashuv reglamenti, o‘tkazilish joyi, sanalari va mukofot jamg‘armasini tasdiqladi.

Uchrashuv Shveysariyaning Jeneva shahridagi Martin Bodmer jamg‘armasi muzeyida 2026-yil 22-noyabrdan 13-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Shu tariqa shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bahslari 2004-yildan beri ilk bor Shveysariyada o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Musobaqaning ochilish marosimi 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24-noyabrga belgilangan. So‘nggi klassik o‘yin 11-dekabr kuni o‘tkaziladi. Agar g‘olib ushbu bahslardan so‘ng aniqlanmasa, 12-dekabr kuni tay-breyk partiyalari o‘ynaladi.

Uchrashuv boshlangan vaqtda Gukesh Dommaraju va Javohir Sindorov 20 yoshda bo‘ladi. Shu sababli bu bahs shaxmat tarixidagi eng yosh ishtirokchilar o‘rtasidagi chempionlik bellashuvi sifatida tarixga kiradi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Javohir Sindorov O‘zbekiston tarixida mutlaq Jahon chempionligi uchun bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan ilk shaxmatchi hisoblanadi.

Jahon chempionati 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘lib, 7,5 ochko jamg‘argan shaxmatchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritadi. Agar asosiy bahsda hisob teng kelsa, g‘olib tay-breyk orqali aniqlanadi. Turnir g‘olibi 1,3 million dollar, finalchi esa 1,2 million dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:14, 16.09.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик