«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa tarkibi va futbolchilarning holati haqidagi ma’lumotlar sizib chiqishining oldini qanday olishini tushuntirdi.
O‘tgan mavsumda jamoa ichidagi kimdir ma’lumotlarni ommaga oshkor qilayotgani va bu raqiblarga o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berayotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.
— Tarkib haqidagi ma’lumotlar sizib chiqishining oldini qanday olasiz?
— Men keragidan ortiq gapirmaslikka harakat qilaman, — dedi Alonso «Brentford»ga qarshi uchrashuv arafasida.
Londonning ikki jamoasi o‘rtasidagi bahs bugun «Brentford» maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Xabi Alonso «Chelsi»ni yozda qabul qilib olgan.













