Superliga 22-turida "Sherlar" G‘uzorda "Mash’al" mehmoni bo‘lishadi.
Chempionatlarda jamoalar o‘zaro 41 uchrashuvda to‘qnash kelgan. Ularning 30tasida "Paxtakor", 5tasida "Mash’al" zafar quchgan. 6 bahsda kuchlar teng kelgan. "Paxtakor" 84 to‘p kiritgan bo‘lsa, raqib 26 gol urishga erishgan. Muborakdagi 20 bellashuvda toshkentliklar 11 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Safarda 27 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 16 gol olib chiqqan.
"Mash’al" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida o‘yin 19 sentyabr, shanba kuni G‘uzordagi "Markaziy" stadionda soat 18:00da boshlanadi.













