«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rayan Sherki APLning 5-turida «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda gol urdi.
Shu tariqa, fransiyalik futbolchining Premyer-ligadagi 5 ta uchrashuvdagi natijasi 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga yetdi.
Sherki «Manchester Siti» futbolchilari orasida ochkolar bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi. U APLning barcha futbolchilari orasida esa 3-o‘rinni egallagan. Undan faqat «Brayton» yarim himoyachisi Paskal Gross va «Chelsi» futbolchisi Joau Pedru oldinda — har ikki futbolchi 6 ochkodan jamg‘argan.













