Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» rahbariyatining ishonchiga loyiq, deb hisoblaydi uning sobiq jamoadoshi Ueyn Runi. Runining so‘zlariga ko‘ra, Kerrik natija ko‘rsata olishini allaqachon isbotlab bo‘lgan.
«U ushbu tarkib bilan natijalarga erishishga qodirligini isbotladi. Terma jamoalar o‘yinlari uchun berilgan tanaffusdan so‘ng turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish uchun u o‘yinchilardan maksimal darajada foydalanish va hatto undan ham ko‘prog‘ini talab qilish yo‘lini topishi kerak. Ishonchim komilki, u transfer bozorida faolroq ishlashni afzal ko‘rgan bo‘lar edi, ammo u o‘z ixtiyorida bor narsa bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi», — dedi Runi derbyderbyderby.it nashriga.
«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.













