«Arsenal» yarim himoyachisi Bukayo Saka 16 yoshli jamoadoshi Maks Doumanning iqtidorini yuqori baholadi va uning keyingi o‘sishi faqat o‘ziga bog‘liq ekanini ta’kidladi.
«Futbolda qanchalik uzoqqa bora olishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Men shuni ayta olaman. Ammo ha, uning iqtidori — bu ajoyib narsa», — dedi Saka BBCʼga bergan intervyusida.
Douman 2025 yilning avgustida 15 yoshu 235 kunligida debyut qilib, Angliya chempionati tarixidagi eng yosh ikkinchi o‘yinchiga aylangan edi. Noyabr oyida esa u Chempionlar ligasida o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi.
2026 yilning martida Douman APL va «Arsenal» tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanib, yana bir rekord o‘rnatdi. U 16 yoshu 73 kunligida «Everton» darvozasini ishg‘ol qilgan edi.













