«Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbi Angliya Premyer-ligasining 5-turida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.
Premyer-liganing «Manchester Siti»ga qarshi mehmondagi uchrashuvida Brobbi xet-trik qayd etdi. Biroq uning uchta goli «Sanderlend»ga ochko olib kelish uchun yetarli bo‘lmadi — «qora mushuklar» Manchesterda 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Brobbi Premyer-liganing joriy mavsumi to‘purarlar poygasida uchta gol bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan ko‘proq gol urgan futbolchilar — Aleksandr Isak (4 ta) va Erling Xoland (5 ta).
«Sanderlend» Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.













