"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus bu yilgi "Oltin to‘p" uchun kurashda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
"Menimcha, Kilian Mbappega bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun nimadir yetishmayapti. U o‘tgan mavsumda "Real" bilan birorta ham sovrin yutmadi. Yamal ikkita titulni qo‘lga kiritdi, ammo mavsumni unchalik yorqin o‘tkazmadi. Shuning uchun men Keynni qo‘llab-quvvatlayman. Garri ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va juda yuqori natijadorlik qayd etdi. Bundan tashqari, uning imiji ham yaxshi", – dedi Matteus.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili ushbu nufuzli individual sovrinni fransiyalik vinger Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi.













