Portugaliya Millatlar ligasi A4 guruhi 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda Uelsni mag‘lub etdi — 1:0.
O‘yin 24 sentyabr kuni Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Portugaliyaliklarga g‘alabani Nunu Mendeshning uzatmasidan so‘ng Joau Feliks kiritgan gol keltirdi.
Ikkinchi bo‘limda Krishtianu Ronalduning goli hakam videotakrorni ko‘rib chiqqanidan so‘ng ofsayd tufayli bekor qilindi.
Parallel kechgan o‘yinda Norvegiya Daniyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yin Oslodagi «Ullevol» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Norvegiya terma jamoasi tarkibida Oskar Bobb ajralib turdi va Erling Xolann dubl qayd etdi. Martin Edegor ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Daniyaliklardan Mikkel Damsgor va Rasmus Heylunn gol urdi.
27 sentyabr kuni Portugaliya Osloda Norvegiya bilan o‘ynaydi, Daniya esa Kopengagenda Uelsga qarshi bahs olib boradi.













