«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu nima uchun shu yozda Madrid klubiga qaytishga qaror qilganini tushuntirdi.
«Real» meni yana klubga qaytarishni istadi. Dunyoning eng katta klubi ikki mavsum davomida sovrinsiz qolgan edi. Shu bilan birga, jamoa va muxlislar o‘rtasida ham ma’lum darajada uzilish paydo bo‘lgandi.
«Real» men bilan bog‘lanib: «Biz seni yaxshi bilamiz, sen ham klubni, uning madaniyatini va bu yerdagi odamlarni yaxshi bilasan. Bizga klubni qayta tiklash va avvalgidek yana ajoyib o‘n yillikni boshlash uchun sen keraksan», — dedi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyu avval ham 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan.
Uning qo‘l ostida Madrid klubi La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.













