«Roma» sobiq sardori Franchesko Totti avtobiografiyasida Paulo Dibala klubga kelganida unga 10-raqamni berish rejasi bo‘lganini yozdi. Klub Tottidan raqamni Dibalaga rasmiy taqdimot chog‘ida topshirishni so‘ragan, ammo sobiq futbolchi bunga rad javobini bergan.
«Dibalaga qarshi hech qanday fikrim yo‘q, aksincha, uni futbolchi va inson sifatida juda qadrlayman. Ammo 10-raqamni berish ularning qarori edi va men bu mas’uliyatni o‘z zimmamga olishni istamadim.
Chunki bu raqam juda katta ma’noga ega va meni Dibala bilan solishtirishlar tabiiy edi», — deb yozadi Totti.













