Italiya terma jamoasi himoyachisi Rikkardo Kalafyori Millatlar ligasi o‘yinida Belgiyadan uchratilgan mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng ijobiy tomonlarni izlashga chaqirdi. Uchrashuv musobaqaning birinchi turi doirasida bo‘lib o‘tdi.
«Ba’zida men yaxshi jamoani ko‘rdim. Biz yangi murabbiy bilan endigina ish boshladik, ammo ba’zi vaziyatlarda o‘yinimiz menga yoqmadi: biz ochiq hududlar qoldirdik va oldini olish mumkin bo‘lgan ikkita gol o‘tkazib yubordik», – dedi Kalafyori RAI Sport nashriga.
Kalafyori, shuningdek, o‘yindan so‘ng muxlislarning munosabati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Bu og‘riqli, chunki ba’zida men ularning ehtirosini his qildim. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak va hammamiz buni tushunib turibmiz. Buni keyingi o‘yindanroq boshlashimiz lozim».
28 sentyabr kuni Italiya mehmonda Turkiya bilan to‘qnash keladi, turklar birinchi turda Fransiyaga imkoniyatni boy berishgan edi (0:1).













