Darren Bent «Manchester Siti»ni APLning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun shafqatsizlarcha jazolashga chaqirdi.
«Men shunday o‘ylayman: agar ularni hatto Chempionshipga ravona qilishsa ham, bu kamlik qiladi. Birgina divizion. «Yuventus» va «Reyndjers» bilan nima yuz berganiga qarang – ular, adashmasam, to‘rt divizion pastga tushib ketishgandi?
«Siti»ni to‘rtinchi ligaga ravona qilish va besh yildan olti yilgacha bo‘lgan muddatga transfer taqiqini joriy etish kerak», – dedi «Tottenxem»ning sobiq forvardi Talksport efirida.













