Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Van Bommel: «Italiyaga bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ammo yaratilgan vaziyatlar sonidan juda mamnunman»

Van Bommel: «Italiyaga bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ammo yaratilgan vaziyatlar sonidan juda mamnunman»

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark van Bommel Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabaga (2:0) izoh berdi.

«O‘yinimizga qarab, bor-yo‘g‘i bir necha kundan beri birga ishlayotganimizga ishonishim qiyin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda biz juda yaxshi futbol ko‘rsatdik. Bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ammo yaratilgan vaziyatlar sonidan juda mamnunman. Tanafsusdan so‘ng bizga qiyinroq bo‘ldi, shuning uchun bir nechta almashtirishlarni amalga oshirishga qaror qildim. Xayriyatki, bu o‘z samarasini berdi», – dedi van Bommel UEFA rasmiy saytiga.

Millatlar ligasining 2-turida Italiya Turkiya bilan o‘ynaydi, Belgiya esa Fransiya bilan kuch sinashadi. Har ikkala o‘yin 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:57, 26.09.2026.
O'qildi: 405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик