Fransiya terma jamoasi himoyachisi Maksens Lakrua Millatlar ligasi o‘yinida Turkiya ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng hujumchi Kilian Mbappening jarohati kutilganidan ko‘ra jiddiyroq bo‘lib chiqqanini ta’kidladi.
«Avvaliga bor e’tiborimizni o‘yinga qaratgan edik, lekin kiyinish xonasiga kirganimizda, hammasi ko‘ringanidan ancha jiddiyroq ekanini ko‘rdik», — deydi Lakrua so‘zlarini keltirgan L'Equipe.
O‘yindan so‘ng Fransiya terma jamoasi ijtimoiy tarmoqlarda Mbappe jarohati sababli «Real» ixtiyoriga qaytishini e’lon qildi.
Millatlar ligasining 2-turida Fransiya Belgiya bilan o‘ynaydi, Turkiya esa Italiya bilan to‘qnash keladi. Ikkala uchrashuv ham 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













