Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Manchester Siti"ning Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzganini tan olgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Aguero, mening medalimni qaytar", — dedi sobiq futbolchi.
Ayni paytda "Manchester Siti"ga qanday jazo berilishi hali aniq emas. Ehtimoliy choralar orasida jarima, ochkolarni olib tashlash va hatto klubni Premyer-ligadan chetlatish ham bor.
O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Joriy mavsumda esa Enso Mareska shogirdlari dastlabki besh turda 15 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.













