Madridning «Real» klubi braziliyalik himoyachisi Eder Militao umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytadi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun, 26 sentyabr kuni «Real» tibbiy shtabi Militaoga jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarda qatnashish uchun ruxsat berdi.
Kutilishicha, himoyachi oktyabr oyida «Real» safida yana maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Militao 2026 yil 21 aprel kuni La Liga doirasida «Alaves»ga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan o‘yinda jarohat olgan edi. U omadsiz zarbadan so‘ng birinchi bo‘lim tugashi arafasida maydonni tark etgan.
Tekshiruvlar natijasida uning chap oyoq son ikki boshli mushagi proksimal payi uzilgani aniqlangan va futbolchi operasiya qilingan.
Shu jarohat sabab Militao JCH-2026 musobaqasini to‘liq o‘tkazib yubordi.













