Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isroil hujumchisi golni nishonlagani uchun maydondan chetlatildi

Isroil hujumchisi golni nishonlagani uchun maydondan chetlatildi

Baho:
+ | -

Isroil terma jamoasi hujumchisi Said Abu Farhi UYEFA Millatlar ligasi V ligasi guruh bosqichi 1-turida Avstriyaga qarshi o‘yinda golni bahsli tarzda nishonlagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

55-daqiqada Abu Farhi gol urib, hisobni tenglashtirdi. Goldan so‘ng u burchak bayroqchasini olib, bilyard sharini urgandek harakat qildi.

Taxminlarga ko‘ra, bosh hakam futbolchining bu harakatini quroldan o‘q uzishga taqlid sifatida qabul qilgan va unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatgan.

Isroil bir kishi kam bo‘lib qolgach, Avstriya 90 va 90+3-daqiqalarda ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

Ayni paytda Avstriya o‘z guruhida birinchi o‘rinda bormoqda, Isroil esa to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.

Kiritildi: 12:35, 27.09.2026.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик