«Yuventus» yanvar oyida chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun Emerson Palmyerini xarid qilish variantini ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.
Turin klubi bosh murabbiy Luchano Spallettiga Andrea Kambyazoga munosib muqobil futbolchi olib berishni istamoqda. Jamoa bu pozisiyada Zeki Chelikdan ham foydalanib kelmoqda.
Emerson Palmyeri «Yuventus» e’tiboriga yana qaytgan. Bunga klub darvozabon Neto bilan shartnoma imzolagani ham ta’sir qilgan. Neto va Palmyerining agenti bir xil — Bertoluchchi.
32 yoshli «Marsel» himoyachisi avvalroq Nikolas Talyafiko bilan birga «Yuventus» variantlari orasida bo‘lgan. Biroq Xuan Kabalning «Atalanta»ga transferi amalga oshmagani sabab turinliklar bu masalani yanvarga qoldirgan.
Palmyeri transferiga Spalletti ham rozilik bergan. Italiyalik mutaxassis u bilan avval «Roma»da ishlagan va keyinchalik uni «Napoli»ga ham olib kelishni istagan.
«Marsel»dagi moliyaviy va sportga oid muammolar davom etayotgani sabab, Palmyeri yanvarda transfer bozorida «Yuventus» uchun qulay imkoniyatga aylanishi mumkin.
Shuningdek, «Yuventus» «Lion»ning chap qanot himoyachisi Abnerni ham kuzatmoqda. Klub avvalroq ham futbolchining vakillari va fransuz klubi bilan aloqa qilgan.













