Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» futbolchisini 50 million yevrodan qimmatga sotishga tayyor

«Barselona» futbolchisini 50 million yevrodan qimmatga sotishga tayyor

Baho:
+ | -

«Barselona» fransuz himoyachisi Jyul Kunde bilan xayrlashishi mumkin.

Futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik o‘ng qanot himoyasida so‘nggi paytlarda Erik Garsiyani ko‘proq maydonga tushirmoqda.

Shu sabab kataloniyaliklar Kunde bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Sport.es xabariga ko‘ra, «Barselona» uning transferidan 50 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Kundening ketishi klubga maosh xarajatlarini ham kamaytirish imkonini beradi. Ayni paytda unga Angliya Premyer-ligasining bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Kunde «Barselona»ning asosiy tarkibida atigi ikki marta maydonga tushdi.

Fransuz himoyachisining klub bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 16:30, 27.09.2026.
O'qildi: 1838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик