Kirish Ro'yxatdan o'tish

Belgiya himoyachisi Mbappening yo‘qligi Fransiyaga qarshi o‘yin rejasiga qanday ta’sir qilishini aytdi

Belgiya himoyachisi Mbappening yo‘qligi Fransiyaga qarshi o‘yin rejasiga qanday ta’sir qilishini aytdi

Baho:
+ | -

«Fulxem» va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Timoti Kastan Fransiya bilan Millatlar ligasi 2-tur o‘yinida Kilian Mbappening yo‘qligi belgiyaliklarning taktik rejasiga katta ta’sir qilmasligini aytdi.

«Mbappe o‘ynamasligiga kelsak, himoyada u maydonda bo‘lganida qanday harakat qilsak, xuddi shunday o‘ynaymiz.

Albatta, uning yo‘qligi vaziyatni biroz o‘zgartiradi. Ammo Fransiya tarkibida hali ham juda kuchli futbolchilar ko‘p. Due, Barkola, Dembele bor.

O‘yin uslubi nuqtai nazaridan qaraganda, Mbappening yo‘qligi Fransiyaning o‘yinini keskin o‘zgartirmaydi», — dedi Kastan.

Mbappe Turkiyaga qarshi 1:0 hisobidagi o‘yinning 54-daqiqasida g‘alaba golini urish jarayonida jarohat olgan va keyin maydonni tark etgan.

Shu sabab u Fransiya terma jamoasining kuzda Belgiya va Italiyaga qarshi qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 18:15, 27.09.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик