Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel UYEFA Millatlar ligasi doirasida darvozabonlar Jeyms Trafford va Jordan Pikforddan foydalanish rejasini tasdiqladi.
Trafford Ispaniyaga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Tuxel uning keyingi bahsda ham darvozani qo‘riqlashini ma’lum qildi.
"Menimcha, unga bir emas, ikki uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatini berish to‘g‘ri qaror.
U chempionatni yaxshi boshladi va «Lids»ning asosiy darvozaboni sifatida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.
Shuning uchun Trafford keyingi uchrashuvda ham maydonga tushadi, Pikford esa undan keyingi ikki bahsda darvozani qo‘riqlaydi", — dedi mutaxassis matbuot anjumanida.













