Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonali Turkiya terma jamoasi yulduzi Arda Gyuler haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Skuadra adzurra» Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi.
«Gyuler — ajoyib futbolchi, uning texnik imkoniyatlari juda yuqori. Yaqinlashib kelayotgan o‘yinda uni juda diqqat bilan nazorat qilishimiz kerak, chunki u biz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin», — deya Tonalining so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.
Arda Gyuler Turkiya terma jamoasi safida 34 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Joriy mavsumda esa u Madridning «Real» klubi tarkibida 7 ta o‘yinda 1 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.













