Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Deyk: «Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasdi»

Van Deyk: «Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasdi»

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deyk Millatlar ligasi 2-turida Serbiya ustidan qozonilgan g‘alabani izohladi.

Belgradda bo‘lib o‘tgan uchrashuv Niderlandiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlarning har ikki golini Meks Merdink urdi.

«Uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Biroq o‘zimizga tanqidiy ham qaray olamiz, chunki bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasdi.

Meks juda yaxshi o‘ynadi. U ishonchli harakat qildi va o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi», — deya Van Deykning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

Ikki turdan so‘ng Niderlandiya hisobida 4 ochko bor. Terma jamoa navbatdagi uchrashuvini 1 oktyabr kuni safarda Gresiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 04:29, 28.09.2026.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик