"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal jamoaning joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Kataloniya klubi ushbu musobaqada so‘nggi bor 2015 yilda g‘olib chiqqan. Joriy mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
"Ko‘p narsa taqdirga bog‘liq. Chempionlar ligasida bitta omadsiz kecha hamma narsaga qimmatga tushishi mumkin.
Bu turnirda g‘alaba qozonish uchun mahorat va tajriba kerak, shuningdek, biroz omad ham zarur. Tajribamiz har mavsum sayin ortib bormoqda va umid qilamanki, bu safar omad ham biz tomonda bo‘ladi.
Biz turnirlarda shunchaki qatnashish uchun ishtirok etmaymiz — g‘alaba qozonishni istaymiz. Chempionlar ligasi kubogini yana Barselonaga qaytarishni xohlaymiz", — deya Yamalning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
"Barselona" joriy mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Feyenoord"ni 5:1 hisobida yirik hisobda mag‘lub etgan.













