Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tezlik raqibni yo‘q qiladi, Dyokereshda esa bu jihat kuchli emas"

"Tezlik raqibni yo‘q qiladi, Dyokereshda esa bu jihat kuchli emas"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi sobiq chap qanot himoyachisi Arman Traore Viktor Dyokereshning o‘yinidan unchalik taassurotlanmaganini bildirdi.

Shvesiyalik hujumchi joriy mavsumda "kanonirlar"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Matbuotda futbolchining kelasi yili, ehtimol hatto yanvar oyidayoq jamoani tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ko‘paygan.

"Agar Dyokereshga qarshi o‘ynashimga to‘g‘ri kelsa, umuman xavotir olmasdim. Men juda tez edim — u to‘pni oldinga tashlab o‘tishi mumkin edi, ammo tezlikda meni hech qachon ortda qoldira olmasdi.

Shunchaki Anri va Dyokereshni taqqoslab ko‘ring — ular orasida yer bilan osmoncha farq bor. Anriga qarshi o‘ynab ko‘ring: u qaysi tomonga harakat qilmasin, sizda muammo paydo bo‘ladi.

Tezlik raqiblarni yo‘q qiladi, Viktor esa unchalik tez futbolchi emas", — deya Traorening so‘zlarini Arsenal Radar keltirdi.

Joriy mavsumda Viktor Dyokeresh 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hali gol ura olmadi.

Kiritildi: 10:41, 28.09.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик