Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" yulduzi Virs Bundesligaga qaytishi mumkin

"Liverpul" yulduzi Virs Bundesligaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul" safida to‘p tepayotgan germaniyalik yulduz vinger Florian Virs Bundesligaga qaytishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.

Futbolchini Myunxenning "Bavariya" klubi o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bunga Maykl Olisening kelajagi bilan bog‘liq noaniqlik sabab bo‘lmoqda. Matbuotda fransuz futbolchisining Ispaniyaga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, uning xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Bavariya" avval ham Florian Virsni sotib olishga harakat qilgan, ammo futbolchi o‘sha paytda "Liverpul"ga o‘tishni ma’qul ko‘rgan edi.

Angliya klubida esa Virs hozircha "Bayer" safida namoyish etgan darajasida o‘ynay olmayapti.

Futbolchining transfer qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning "Liverpul" bilan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 12:34, 28.09.2026.
O'qildi: 1351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик