UEFA Millatlar ligasi uchrashuvida Irlandiya terma jamoasi futbolchilari Isroilga nisbatan norozilik harakatlarini amalga oshirdi. Uchrashuv Vengriyaning Debresen shahrida neytral maydonda o‘tkazildi.
Irlandiyalik futbolchilar uchrashuv oldidan qora bog‘ich taqib maydonga tushdi. Mazkur o‘yin Isroilning G‘azodagi harakatlari sabab Irlandiyada keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Isroil madhiyasi ijro etilayotgan vaqtda Irlandiya futbolchilari boshlarini egib oldi. Shuningdek, ayrim futbolchilar qo‘llarini orqalarida tutib turgan.
Jamoa sardori Dara O‘SHi hakam va uning yordamchilari bilan qo‘l berib ko‘rishdi, biroq Isroil sardori Manor Solomon bilan buni amalga oshirmadi. Irlandiyaning davlat teleradiokompaniyasi RTE esa uchrashuvni qisqartirilgan formatda yoritdi.
Irlandiya terma jamoasining zaxira darvozaboni Gavin Bazunu Isroilga qarshi ikkala uchrashuvni boykot qilishini ma’lum qilgandi. U buni “begunoh odamlarning o‘ldirilishiga qarshiman” degan shaxsiy fikri bilan izohlagan.
Uchrashuvda Irlandiya 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Jamoalar 4-oktyabr kuni yana o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. Irlandiya mezbon hisoblangan ushbu bahs Serbiyaning Bachka Topola shahrida bo‘lib o‘tadi.













