Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» va yana 5 ta grand germaniyalik futbolchini kuzatmoqda

«Real» va yana 5 ta grand germaniyalik futbolchini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Shtutgart» klubida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Finn Yelch bir qator Yevropa grandlari e’tibori markazida bo‘lib turibdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

20 yoshli futbolchining o‘yinlarini «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal», «Bavariya», «Yuventus» va Madridning «Real» klublari kuzatib borishmoqda. «Shtutgart» rahbariyati o‘z himoyachisi uchun 50 milliondan 60 million yevrogacha mablag‘ talab qilmoqda.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida Yelch to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi va bitta sariq kartochka oldi. Himoyachining «shvablar» bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:03, 28.09.2026.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик