UFC va Zuffa Boxing prezidenti Dana Uayt Tayson Fyuri – Entoni Joshua jangini tashkillashtirishdagi muammolar sababli promouter Eddi Xirnni tanqid ostiga oldi.
«Jangning bo‘lib o‘tishiga yordam berishi kerak bo‘lgan inson har doim faqat xalaqit berib keldi. U hech qanday foyda keltirmadi. Eddi Xirnchalik ko‘p bema’ni gap gapiradigan odamni uchratganmidim-yo‘qmi, bilmayman. Ehtimol, yaqin uch soat ichida u 652 mingta intervyu beradi va barcha savollarga javob qaytaradi.
Agar Xirn haqiqatan ham ushbu jang uchun qayg‘urganida, u allaqachon bo‘lib o‘tgan bo‘lardi. Ikkinchidan, u buni o‘zi moliyalashtirishi mumkin edi. Men buni million marta aytganman: jangni moliyalashtir, chiptalarni sot, televideniye bilan shartnoma tuz va translyasiyani sot. Hozir bularning barchasi shunchaki sirk. Yaqin uch-to‘rt kun ichida biz ko‘proq narsani bilib olamiz va voqealar qanday yakunlanishini ko‘ramiz», — dedi Uayt.
Oldinroq Fyuri – Joshua jangi 11 dekabr kuni Kardiffda bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi, ammo Xirn Uaytning tashkilotchilikdagi ishtirokiga qarshi chiqmoqda. Shu sababli jang bekor qilinishi mumkin.













