Yaponiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Venesuelani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Jamoalar ikkinchi bo‘lim boshida o‘zaro gol almashdi, mezbonlar esa qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.
Birinchi bo‘lim golsiz yakunlandi. Tanaffusdan so‘ng Venesuela hisobni tezda ochdi. 46-daqiqada Kevin Kelsi Yaponiya darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Yaponiya deyarli darhol javob qaytardi. 49-daqiqada Ayase Ueda hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Uchrashuv taqdiri 97-daqiqada hal bo‘ldi. Ueda penaltini aniq amalga oshirib, dubl qayd etdi va Yaponiyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim qildi.













