Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik oldida qiyin qaror: De Yong «Barselona»ni tark etishi mumkin

Flik oldida qiyin qaror: De Yong «Barselona»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -1

El Nacional nashri «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik oldida murakkab qaror turgani haqida xabar berdi. Gap germaniyalik mutaxassisning yarim himoyachi Frenki de Yongdan voz kechishi mumkinligi haqida ketmoqda.

29 yoshli de Yong jarohatidan so‘ng asta-sekin safga qaytishga yaqinlashmoqda. Biroq uning yo‘qligi «Barselona» natijalariga jiddiy ta’sir qilmadi — jamoa niderlandiyalik futbolchisiz ham yaxshi natijalar qayd etdi.

Rodri va Pedri asosiy tarkibning mustahkam futbolchilariga aylandi, Mark Bernal va Gavi esa Flikning ishonchidan foydalanmoqda.

Shu vaziyatda de Yong jamoa uchun ortiqcha futbolchiga aylanishi mumkin. «Barselona»da Frenkining faoliyatidagi eng yuqori nuqta ortda qolgan, degan fikr bor.

Shunga qaramay, kataloniyaliklar niderlandiyalik yarim himoyachini arzonga sotmoqchi emas. «Ko‘k-anorranglilar» uning transferidan 60 million yevroga yaqin mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Frenki de Yongga «Manchester Yunayted», «Bavariya», «Liverpul», «Chelsi» va «PSJ» kabi top-klublar qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 18:51, 28.09.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик