Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Manchester Siti” bilan bog‘liq mojaroni boshlagan Rui Pinto kim?

“Manchester Siti” bilan bog‘liq mojaroni boshlagan Rui Pinto kim?

Baho:
+ | -

U o‘zi asos solgan dastur asosida futbol olamining moliyaviy faoliyatiga oid hujjatlarni ommaga taqdim etgan.

“Manchester Siti” bilan bog‘liq moliyaviy mojaroning yuzaga chiqishida portugaliyalik xaker Rui Pinto muhim rol o‘ynagan. U 2015-yilda Football Leaks platformasiga asos solib, futbol klublari va boshqa tashkilotlarning maxfiy hujjatlarini e’lon qilgan.

Rui Pintoning to‘liq ismi Rui Pedro Gonsalves Pinto. U Football Leaks orqali futbol olamining moliyaviy faoliyatiga oid hujjatlarni ommaga taqdim etgan. Pinto o‘z faoliyatidan ko‘zlangan maqsad futbol sanoatidagi moliyaviy qoidabuzarliklarni fosh etish ekanini bildirgan.

Pinto turli klublar, futbol agentliklari va sport tashkilotlarining elektron xatlari, shartnomalari hamda transfer hujjatlarini qo‘lga kiritgan. 2018-yilda Germaniyaning Der Spiegel jurnali Football Leaks orqali olingan “Manchester Siti”ga oid hujjatlarni e’lon qildi. Ularda klub UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalarini chetlab o‘tishga uringani haqidagi ma’lumotlar bor edi.

Hujjatlarda “Manchester Siti” homiylik shartnomalarining qiymatini oshirib ko‘rsatgani va futbolchilarga amalga oshirilgan ayrim to‘lovlarni yashirgani haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Keyinchalik Premyer Liga klub faoliyati yuzasidan tergov boshladi. Tergov yakunida “Manchester Siti”ga 115 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Klub ushbu ayblovlarning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Pinto 2013 yilda Kayman orollarida joylashgan Caledonian Bankdan 300 ming yevro o‘g‘irlaganlikda ayblangan. U bu ayblovni rad etib, faqat Kayman orollaridan soliqdan bo‘yin tovlash va pul yuvish uchun qanday foydalanilishini ko‘rsatganini bildirgan. Keyinchalik tomonlar suddan tashqari kelishuvga erishgan.

2019 yil yanvarida Pinto Portugaliya rasmiylarining talabi bilan Budapeshtda qo‘lga olingan. U tovlamachilikka urinish, kasbiy sirni buzish va axborotga noqonuniy kirishda ayblangan.

2023 yilda Pinto “Benfika” klubining elektron xatlariga noqonuniy kirish bilan bog‘liq yangi ish doirasida 377 ta jinoyatda ayblandi. O‘sha yil sentabr oyida u to‘rt yil muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Rui Pinto va u asos solgan Football Leaks platformasi futbol olamidagi maxfiy hujjatlarning ommaga chiqishida muhim rol o‘ynadi. “Manchester Siti” bilan bog‘liq hujjatlar esa keyinchalik Premyer Liga tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli tergovga asos bo‘lgan ma’lumotlar qatoridan joy oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:01, 28.09.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик