"Bolonya" jarohat olgan o‘ng qanot himoyachisi Emil Xolmga o‘rinbosar izlashni boshladi. Tarkibga qo‘shib olish uchun nomzodlardan biri "Inter"ning sobiq futbolchisi Matteo Darmian hisoblanadi.
Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, Xolm o‘ng son orqa qismidagi jarohat sabab operasiya qilinishi mumkin. U bu jarohatni Millatlar ligasida Shvesiya terma jamoasining Ruminiyaga qarshi 2:1 hisobidagi o‘yinida olgan.
Futbolchining tiklanish jarayoni 4 oydan 6 oygacha davom etishi kutilmoqda.
"Bolonya" Xolmning holati bo‘yicha yakuniy ma’lumotni kutmoqda, biroq allaqachon uning o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlagan.
36 yoshli Darmian "Inter" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agent maqomida.













