Italiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida Turkiyani 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar safida Alessandro Bastoni, Davide Frattezi, Maykl Kayode va Pio Espozito gol urdi. Turkiyaning yagona goliga esa Barish Yilmaz mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Italiya 3 ochko jamg‘arib, «A» ligasi 1-guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Turkiya esa ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi va hozircha ochko jamg‘ara olmadi.
Keyingi turda Italiya Fransiyaga qarshi maydonga tushadi, Turkiya esa Belgiya bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













