Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» va «Chelsi» «Real» tarbiyalanuvchisi uchun kurashga tayyor

«Arsenal» va «Chelsi» «Real» tarbiyalanuvchisi uchun kurashga tayyor

Baho:
+ | -

«Komo» markaziy himoyachisi Xakobo Ramon faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, Premyer-liga klublari orasida ispaniyalik futbolchi uchun asosiy da’vogarlar Londonning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, Madridning «Real» klubi ham o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Qirollik klubi» Ramonni «Komo»ga sotish vaqtida kelishilgan maxsus band tufayli uni kelasi yozda atigi 8–9 million yevroga qaytarib olishi mumkin.

Transfermarkt portali Xakobo Ramonning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda Sesk Fabregas jamoasi safida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 04:14, 29.09.2026.
O'qildi: 325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик