Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z ish uslubi haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, u milliy jamoada har bir futbolchi o‘zini umumiy jarayonning bir qismi deb his qilayotganidan mamnun.
«Biz barchamiz bu jarayonga jalb qilinganmiz. Bu jamoada menga yoqadigan jihat — har bir futbolchi o‘zini uning bir qismi deb his qiladi.
Men terma jamoaga “baribir o‘ynamayman” deb o‘ylaydigan futbolchilarni chaqirishni istamayman. Albatta, tarkib borasida tanlov qilishimga to‘g‘ri keladi, ammo barcha futbolchilar har doim maydonga tushishga tayyor bo‘lishi kerak», — deya Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltiradi.
Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasidagi so‘nggi ikki uchrashuvida Turkiya va Belgiyani safarda bir xil — 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Endi «uch ranglilar» o‘z maydonida Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi.













