Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manchini: «Parijda o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz»

Manchini: «Parijda o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasi 2-turida Turkiya ustidan safarda qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Biz kun bo‘yi yomg‘ir yoqqan maydonda o‘ynadik, shuning uchun Turkiyaning sur’atni oshirishini kutish tabiiy edi. Barcha juda yaxshi o‘ynadi. Endi keyingi uchrashuvga e’tibor qaratishimiz va tiklanishimiz kerak. Bizda yangi kuch bo‘ladi va Parijda o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz», — dedi Manchini.

Mutaxassis Jakomo Raspadorining holati haqida ham to‘xtaldi.

«Raspadorida sog‘liq bilan bog‘liq muammo paydo bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshlanganidan besh daqiqa o‘tib uni almashtirishga to‘g‘ri kelishi mumkinligidan xavotirlandik, shuning uchun tanaffusda uning o‘rniga boshqa futbolchini tushirdik. Raspadori undan so‘ralgan barcha vazifani bajardi va yaxshi o‘yin o‘tkazdi».

Italiyaning asosiy tarkibida Sebastyano Espozito, Maykl Kayode va Matteo Rudjeri debyut qildi.

«Bu ularning ilk o‘yini ekanini hisobga olsak, yaxshi harakat qilishdi. Ularni tabriklayman», — deya qo‘shimcha qildi Manchini.

Fransiya — Italiya uchrashuvi 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 04:52, 29.09.2026.
O'qildi: 301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик