«Liverpul» va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai o‘zi birga o‘ynagan eng yaxshi ikki futbolchini aytdi.
«Men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchilarmi? Muhammad Saloh va Erling Xoland», — deya Soboslaining so‘zlarini The Touchline keltiradi.
Soboslai Saloh bilan «Liverpul»da, Xoland bilan esa «Red Bull Zalsburg» safida birga o‘ynagan.
Transfermarkt portali 25 yoshli Dominik Soboslaining bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda. Vengriyalik futbolchining «Liverpul» bilan shartnomasi 2030/2031 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
Ayni paytda «Liverpul» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.













