Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bilich: «Modrich va Rodrini hech bir murabbiy rad etmaydi»

Bilich: «Modrich va Rodrini hech bir murabbiy rad etmaydi»

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilich Millatlar ligasi 2-turida Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Luka Modrich va Rodri Ernandes haqida fikr bildirdi.

«Ular — ikki nafar «Oltin to‘p» sohibi. Har ikkalasi ham top-darajadagi futbolchi va ko‘plab jihatlarda juda kuchli.

Ular hatto ikki nafar markaziy hujumchi sifatida ham birga o‘ynay oladi. Ularni bir klubda qo‘l ostiga olgan va «menga bu futbolchilar kerak emas» deydigan biror murabbiy yo‘q», — dedi Bilich.

Ispaniya — Xorvatiya uchrashuvi 29 sentyabr kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi. Har ikki terma jamoa hisobida 3 tadan ochko bor.

Guruhning shu kunigi yana bir uchrashuvida dastlabki turni mag‘lubiyat bilan boshlagan Chexiya va Angliya o‘zaro bahs olib boradi.

Kiritildi: 05:07, 29.09.2026.
O'qildi: 354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик