«Liverpul» va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Kodi Gakpo Millatlar ligasi 2-turida Serbiyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Uchrashuvdan keyin futbolchi Eyndxovenda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning tiklanishi uchun bir necha hafta vaqt talab etiladi. Bu haqda niderlandiyalik jurnalist Rik Elfrink xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Gakpo jarohat sabab o‘yinni davom ettira olmay, maydonni tark etgan edi.
Serbiya — Niderlandiya uchrashuvi 27 sentyabr kuni Belgradda bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Niderlandiya safida Meks Merdink dubl qayd etdi, Serbiyaning yagona golini esa Luka Yovich urdi.













