Madridning «Real» klubi sobiq yulduzi, braziliyalik Marselo Fransiya klubi rahbariyatiga qo‘shilishga yaqin turibdi.
Gap hozir og‘ir davrni boshdan kechirayotgan «Nant» haqida ketmoqda. Klubni 62 yoshli franko-portugaliyalik biznesmen Paulu Tavaresh sotib olishga yaqin turibdi.
Phoenix Sport Invest rahbari o‘zining ulkan rejasini bayon qilgan hujjatlarni allaqachon taqdim etgan. L’Equipe nashri ushbu hujjatlar bilan tanishgan.
Tavareshning yaqin atrofida Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Marselo ham bor. U kelajakda «Nant» klubining elchisiga aylanishi mumkin.
Ayni paytda «kanareykalar» Fransiya futbolidagi ikkinchi kuchli divizionda ishtirok etmoqda.













