Angliyada Premyer-liga futbolchilari safar o‘yinlarida bo‘lgan paytda ularning uylarini o‘margan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Gap 34 yoshli Valentino Nikolov va uning 24 yoshli jiyani Charli Yovanovich haqida ketmoqda.
Ular bir qator rejalashtirilgan o‘g‘irlik va uylarga buzib kirish holatlariga aloqadorligini tan olganidan so‘ng Angliyada jazoga hukm qilindi.
Jinoyatlar orasida 2024 yil aprel oyida Nyukasl shahrida Aleksandr Isakning uyiga buzib kirish holati ham bo‘lgan.
Shuningdek, «Vulverxempton» safida o‘ynagan paytida Mateus Kunya ham jabrlangan. derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, unga yetkazilgan zarar miqdori 500 ming funt sterlinggacha baholangan.













